Что такое Яндекс.Такси?

Yandex.Taxi — bu dispetcherga qo‘ng‘iroq qilmasdan rasmiy taksini chaqirish va xaritada buyurtmaning bajarilishini kuzatib borishga imkon beruvchi xizmat. Saytda yoki smartfonlar uchun mobil ilovada taksiga buyurtma berish mumkin. Mashinani yuborishning o‘rtacha vaqti — 4-5 daqiqa.

Buyurtmalar hamkorlarimiz - taksi xizmatlariga beriladi. Ular buyurtmaning bevosita ijrochilaridir. Har bir haydovchi Yandex.Taxida ikki marta dastlabki tekshiruvdan o‘tadi: biz shaharni bilish hamda mijozga yo‘naltirilganlikni hamda avtomobilning holati va uning sifat standartlarimizga mos kelishini tekshiramiz.

Yandex.Taxidan Moskva, Kiyev, Minsk, Yerevan, Tbilisi, Olmaota va boshqa shaharlarda foydalanish mumkin. Har oyda xizmat geografiyasini kengaytiramiz va yangi shaharlarda servisni ochamiz.

Asosiy imkoniyatlari:

  • dispetcherga qo‘ng‘iroq qilmasdan turib taksini qulay tarzda chaqirish;
  • masofadan qat’iy nazar foydali tariflar;
  • Moskvaning istalgan aeroportiga safarlar uchun o‘zgarmas narx;
  • naqd pul yoki karta bilan to‘lash;
  • yo‘lovchining istaklarini hisobga olgan (bolalar kreslosi, kvitansiya berish va hok.) holda mashinani tezkor topish;
  • ilova haydovchi va uning mashinasi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni ko‘rsatadi;
  • haydovchining harakati kartada ko‘rinib turadi.

Shahringiz uchun tariflar bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Yandex.Taxi ilovasini ko‘chirib olish.

Agar sizda ilovaning ishlashi yoki buyurtmangizni bajargan taksi xizmati to‘g‘risida fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, bizga yozing.