Yandex Go «Yetkazish» – haydovchi
joʻnatmani yetkazib beradi.

Yetkazish. Haydovchi hujjatlarni olib boradi, gullarni yetkazib beradi yoki katta boʻlmagan
joʻnatmani yetkazadi.

Mashina oldida uchrashish.

Bunday holatda joʻnatmani yuborayotganda yoki olayotganda mashina turgan joygacha borishingiz kerak boʻladi.

«Eshikdan eshikkacha» varianti.

Bu qoʻshimcha funksiya boʻlib, haydovchining oʻzi yuboruvchi yoki oluvchi turgan joyga boradi.

Hujjatlar va katta boʻlmagan joʻnatmalar uchun.

Joʻnatmangizning umumiy vazni 20 kilogrammdan oshmasa va yengil mashinaninig yukxonasiga joylashsa, haydovchi uni kerakli manzilga yetkazib beradi.

Mashinada faqat haydovchi harakatlanadi.

Agar siz «Yetkazish» tarifini tanlagan boʻlsangiz, mashinada keta olmaysiz. Buning uchun oddiy taksi buyurtirgan yaxshiroq.

Yandex Go xizmatining barcha afzalliklari

Ilova orqali
buyurtma berish.

«Yetkazish» tarifi allaqachon ilovangizda – telefon qilish yoki saytda ariza berish shart emas.

Mashinani xaritada kuzatish mumkin.

Oluvchi joʻnatmaning qayerda ketayotganini kuzatib turadi: unga
xarita havolasini oʻz ichiga olgan SMS yuboriladi.

Narx oldindan
maʼlum.

«Yetkazish» Yandex Go xizmatidagi oddiy tarif kabi ishlaydi, shuning uchun uning narxi oldindan aniq boʻladi.

orqali yuklab oling

Savol-javoblar

Shtanga uchun grif yuborishim kerak. Haydovchi uni olib ketadimi? 

Katta yoki oʻgir buyumlar yetkazib berilmaydi. Sizga, masalan, hujjat yoki kichik joʻnatmani yuborish kerak boʻlganida, «Yetkazish» tarifini tanlang. Bitta buyumning maksimal vazni – 20 kg.

Joʻnatmamni qaysi kuryerlik xizmati yetkazib beradi? 
«Yetkazish» tarifida kuryerlik xizmatlari mavjud emas, sizning joʻnatmangizni Yandex Go buyurtmalariga ulangan haydovchi yetkazib beradi.

Joʻnatmani qanday qilib kuzatish mumkin?  
Haydovchi chaqirib, unga joʻnatmani topshirganingizda, ilovada mashina yuradigan marshrut aks etadi. Buyurtma berilgan paytdan boshlab joʻnatmani yetkazish nihoyasiga yetguniga qadar boʻlgan butun jarayonni ekranda kuzating. Oluvchi ham joʻnatmani kuzatib borishi mumkin.

Ekspress yetkazishni buyurtirish mumkinmi?
«Yetkazish» tarifida buyurtmalar tezkorligi boʻyicha ajratilmaydi: odatda haydovchilar besh daqiqa ichida kelishadi, yetkazish vaqti esa safar uzoqligi va yoʻldagi sharoitga bogʻliq.

Yetkazish narxi qancha?
Agar siz va oluvchi haydovchi bilan koʻchada, yoʻl yuzida yoki hovlida uchrashsangiz, unda narx taxminan «Ekonom» tarifidagi safar bilan deyarli bir xil boʻladi.

Joʻnatmaga nimani qoʻshmaslik kerak?
Tez alanga oladigan yoki xavfli moddalar, mushaklar va pirotexnika mahsulotlari, qimmatbaho taqinchoqlar va pullar, maxsus qadoqsiz nozik buyumlar. Har qanday tez taʼsir qiluvchi yoki giyohvand moddalar, shuningdek, tashish qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa buyumlar.

Joʻnatmaning yoʻldagi xavfsizligiga kim javob beradi?
Yoʻlda joʻnatmaning xavfsizligiga uni yetkazayotgan xizmat hamkori javob beradi. Yetkazishni amalga oshirayotgan hamkorning kontaktlari bilan faol buyurtma paytida “Safar tafsilotlari” menyusida yoki buyurtma yakunlangan boʻlsa, «Safarlar tarixi» menyusida tanishish mumkin.


*Google Play va Google Play logotipi Google LLC savdo belgilaridir. Apple va Apple logotipi esa Apple Inc. kompaniyasining AQSH va boshqa mamlakatlarda qayd qilingan savdo belgilari hisoblanadi. App Store – bu Apple Inc. kompaniyasining xizmat ko‘rsatish belgisi.
**Xizmat funksiyasi hisoblagan narx foydalanuvchi koʻrsatgan B nuqta uchun pullik ehtimoliy kutishdan tashqari eng maksimal narx hisoblanadi. Bu narx xizmat buyurtirilgan vaqtga qarab oʻzgarishi mumkin.
Batafsil: taxi.yandex.uz
Yandex Go– axborot xizmati. Transport va boshqa xizmatlar Yandex Go hamkorlari tomonidan koʻrsatiladi.
© 2020 Yandex Go
Foydalanuvchi bilan kelishuv
Thu Aug 04 2022 13:04:23 GMT+0300 (Moscow Standard Time)