Oʻzbekistonda
taksi haydovchisi sifatida ishlash
Yandex.Taxi hamkorlari bilan
Qulay va manfaatli
Tezkor start Arizadan birinchi mijozgacha – bir necha soat

Toʻlov – shu zahoti Naqd pulli buyurtmalar uchun to‘lovni birinchi ish kunida olasiz

Qulay ish jadvali Kuniga bir necha soat yoki toʻliq smena davomida ishlang
Arizadan birinchi mijozgacha – bir necha soat
Naqd pulli buyurtmalar uchun to‘lovni birinchi ish kunida olasiz
Kuniga bir necha soat yoki toʻliq smena davomida ishlang
Ish qanday boshlanadi
Ariza qoldiring 
Biz maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun sizga qo‘ng‘iroq qilamiz 
Taksi parkida rasman ro‘yxatdan o‘ting 
Liniyaga chiqing va pul ishlashni boshlang
Savollarga javoblar
Qancha daromad bo‘ladi?
Haydovchining yakuniy daromadi mintaqa va ish jadvaliga bog‘liq. Yandex.Taxi bilan bir haftada bir necha soat davomida pul ishlash, shuningdek, har kuni buyurtmalarni amalga oshirish mumkin. Xizmatga biriktirilgan haydovchilar uchun bonuslar mavjud. Daromad shaffofdir. Taksometrdagi “Daromad” bo‘limida barcha safarlar ro‘yxatini va quyidagilar bo‘yicha batafsil ma’lumotni ko‘rish mumkin: yoʻnalish, yo‘l haqi, bonuslar. Yo‘lovchilar sizga naqd pul va karta bilan toʻlashi mumkin. Ba’zida esa choy puli ham qoldirishadi :)
Bonuslar nima degani?
Bu Yandex.Taxi xizmatining maxsus hamkorlik dasturidir. Biz bonuslarni taksi parklariga beramiz, ular esa yaxshi ishlaganingiz uchun sizga taqdim qilishadi. Shu tariqa haydovchilarning daromadi oshadi.
Ish shartlarini tanlash mumkinmi?
Ha, tig‘iz soatlardagina buyurtmalarni bajarish yoki liniyada kuni bilan ishlash orqali daromad qilish mumkin: buni oʻzingiz hal qilasiz. Bundan tashqari, Yandex.Pro safarlarga talab yuqori bo‘lgan hududlarni binafsha rangda ajratib ko‘rsatadi va smena oxirida bekorga benzin sarflamasligingiz uchun uyga ketishda yo‘l-yo‘lakay buyurtmalarni taklif qiladi.
Ish uchun qanday mashina olgan ma’qul?
Hammasi buyurtmalar bilan qaysi tarifda ishlamoqchi ekaningizga bog‘liq. Biz mashinaning modeli, ishlab chiqarilgan yili va uning o‘rtacha bozor narxini inobatga olamiz. Ish uchun eshiklari 4 tadan kam bo‘lmagan avtomobillar mos keladi.
Qanday qilib Yandex.Taxi xizmatidan buyurtmalar olish mumkin?
Yandex.Taxi xizmati bilan haydovchi sifatida ish boshlash juda oson. Sizga Android 5.0 yoki undan yuqori versiyali operatsion tizimda ishlaydigan, kamerali, GPS moduliga va 2GB tezkor xotiraga ega smartfon kerak bo‘ladi. Yandex.Pro ilovasini yuklab oling va o‘rnating. U sizga buyurtmalar taklif qiladi, yoʻnalish tuzadi, safar narxini hisoblaydi va xizmatning barcha yangiliklaridan xabardor qilib turadi. Yo‘lovchilarni izlash, qaysi yoʻl bilan yurish yaxshiroq ekanligi haqida o‘ylashga hojat yoʻq – diqqatingizni buyurtmalarga qaratishingiz mumkin.
Men professional haydovchi emasman – taksida ishlay olamanmi?
Yandex.Taxi buyurtmalari bilan 21 yoshdan katta, uch yildan ortiq haydovchilik tajribasiga va haydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilar ishlay oladilar. Yangi ishchilarga xizmatimizning barcha o‘ziga xos xususiyatlari va sifat standartlari haqida soʻzlab beramiz. Qolgan ishlarga Yandex.Pro yordam beradi: u buyurtmani topadi, tirbandliklar va yopilgan yoʻllarni hisobga olgan holda yoʻnalishni tuzadi.
Buyurtmalar haydovchilar o‘rtasida qanday taqsimlanadi?
Yandex.Taxi buyurtmalar tizimi buyurtmalarni avtomatik tarzda taqsimlaydi. U yo‘lovchiga tarif va qo‘shimcha talablar boʻyicha mos keladigan eng yaqin mashinani izlaydi. Tizim sizga ko‘proq buyurtmalar taklif etishi uchun Yandex.Pro profilingizda toj olishingiz mumkin. Bunday toj, masalan, buyurtmalarni Yandex.Taxi belgisi yopishtirilgan avtomobillarda bajaradigan haydovchilarda boʻladi.
Taksi haydovchisi bo‘lib ishlash xavfsizmi?
Buyurtmalar olishga moʻljallangan ilova – Yandex.ProYandex.Pro orqali yordam soʻrab murojaat qilish mumkin. Shuningdek, safar davomida haydovchi va yo‘lovchilar hayoti va salomatligi sug‘urtalangan boʻladi.
Yandex.Pro
Yandex.Pro
Daromad
Tig‘iz soatlar
Yo‘l-yo‘lakay buyurtmalar