Kartani qoʻshish yoki oʻchirib tashlash

iOS (8.0 va yuqori versiyada) va Android (4.0 va yuqori versiyada) ilova orqali buyurtma berilganda karta orqali toʻlov amal qiladi.

Karta qanday qoʻshiladi

Siz ilovaga 5 tagacha bank kartasini ulab qoʻyishingiz mumkin:

  1. Ilovaning  → Toʻlov usullari menyusini ochib, Kartani ulash (yoki Karta qoʻshish) tugmasini bosing.
  2. Karta raqami, amal qilish muddati va CVV kodini kiriting. Karta raqamini qoʻlda kiritishingiz yoki smartfon kamerasi yordamida skanerlab olishingiz mumkin – buning uchun belgisini bosing.
  3. Yana bir bor Kartani ulash (yoki Karta qoʻshish) tugmasini bosing.

Karta, emitent-banki turiga va boshqa shartlarga qarab karta tekshiruvi quyidagi usullarning birida amalga oshiriladi:

  1. Karta hisobida kam miqdorda pul ushlab qolinadi. Bandlangan mablagʻlar yechib olinmaydi va tekshiruv yakunlanganidan keyin ulardan foydalanish mumkin boʻladi.
  2. Ilova kartadagi bandlangan mablagʻni kiritishni taklif qilmoqda. Summani sms orqali (agar bankning sms xabarnomasiga ulangan boʻlsangiz) yoki saytda hisobdan koʻchirma yoki bank ilovasi orqali bilib olish mumkin.
  3. Emitent-banki saytida kartani 3-D Secure texnologiyasi orqali tasdiqlashga so'rov keladi. Tasdiqlash usuli bankingizga bogʻliq boʻladi. Tekshiruvdan soʻng ilovaga qaytarilasiz.

Karta qanday oʻchirib tashlanadi

  1. Ilovaning  → Toʻlov usullari menyusini oching.
  2. Kartani tanlang va Kartani oʻchirish tugmasini bosing.

Kartani himoya qilish