2024 yil 28 dekabrdan Termiz shahrida «Komfort» tarifida sayohatlar narxi oshadi.
Tarif bo’yicha sayohatning minimal narxi— 3 370 so’m, 3 daqiqa va 1 km kiritilgan. Bepul kutish — 2 daqiqa. Pulli kutish va safar vaqtida kutish — daqiqasiga 550 so’mgacha. Shahar bo’ylab sayohat — bir kilometr uchun 1 850 so’mgacha, daqiqasiga 125 so’mdan oshmaydi. Shahar tashqarisida — bir kilometr uchun 5500 so‘mgacha, daqiqasiga 125 so‘mdan oshmaydi.