Aksiya qoidalari. Promokodlardan foydalanish shartlari

Terminlar Promokod – faollashtirilganda va Promokoddan foydalanishning boshqa shartlariga amal qilinganda Foydalanuvchiga Chegirma taqdim etiladigan belgilarning ma’lum ketma-ketligi. Chegirma - Yandex.Taxi mobil ilovasi orqali Foydalanuvchining yengil avtomobil bilan yo‘lovchilar va yuk tashishga bo‘lgan ehtimoliy talabi (bundan buyon - buyurtma) to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilganda Foydalanuvchiga "Yandex.Taxi" MChJ (bundan buyon - Yandex) da ko‘rsatilgan hajmda taqdim etiladigan chegirma. Kupon – Promokod va Chegirma taqdim etish shartlari mavjud bo‘lgan hujjat (jumladan qog‘ozli kartochka yoki boshqa tarqatma material; plakat yoki ommaga ko‘rsatishga mo‘ljallangan boshqa vosita; boshqa har qanday promo-material). Sayt – Internetdagi Promokod va Chegirma taqdim etish shartlari bo‘lgan sahifa. Promokod Kupon yoki Saytda ko‘rsatish yo‘li bilan Foydalanuvchiga ma’lumot tariqasida yetkazilishi mumkin. Promokod undan foydalanish shartlariga hamda Kupon yoki Saytda va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan shartlarga amal qilingan hollarda Kupon yoki Saytda ko‘rsatilgan hajmda Chegirmalar olish huquqini beradi. Bunday shartlarga, jumladan, quyidagi shartlardan biri yoki bir nechtasi tegishli bo‘lishi mumkin: Chegirmani faqat birinchi bor safar qilganda, ya’ni Foydalanuvchining tegishli telefon raqami va/yoki Foydalanuvchining Bog‘langan bank kartasi va/yoki Foydalanuvchining mobil qurilmasidan foydalanib ushbu Shartlarning 8-bandi qoidalarini hisobga olgan holda Yandex.Taxi servisi yordamida ilk bora taksi buyurtirilganda taqdim etish; Chegirmani dastlabki bir nechta safarga (masalan, "dastlabki uchta safarga") taqdim etish. Bu holda Chegirma ushbu Shartlarning 3.1-bandida belgilab berilgani kabi birinchi bor safar qilganda hamda birinchi safarni Promokoddan foydalanib qilish sharti bilan tegishli sondagi keyingi safarlarni bajarishda taqdim etiladi; faqat naqd pulsiz to‘lovda, ya’ni yengil taksi bilan tashish xizmatlari uchun to‘lov Bog‘langan bank kartasidan (kartasi aksiyada qatnashayotgan emitent bo‘yicha cheklanishni qo‘shganda) foydalanib Yandex.Taxi mobil ilovasida naqd pulsiz tartibda amalga oshirilganda; Chegirmani faqat Yandex.Taxi mobil ilovasidan foydalanib taksi buyurtma qilganda ma’lum parametrlarni tanlash sharti bilan taqdim etish; Chegirmani faqat safarlarni Yandex.Taxi ilovasidan foydalanib buyurtirilgan yengil taksida ma’lum hudud doirasida (shaharlar, marshrutning boshlang‘ich va/yoki oxirgi nuqtalari bo‘yicha cheklanishlarni ham qo‘shganda) va/yoki ma’lum muddat doirasida amalga oshirilganda taqdim etish. Ko‘rsatilgan muddat yakuniga yetishi bilan Promokod haqiqiyligini yo‘qotadi. Bunday hudud va/yoki muddat Kupon va/yoki Saytda ko‘rsatilmagan hollarda hudud Kuponlar/Promokodlarni tarqatish tashkillashtirilgan shahar va viloyat hududi doirasi bilan chegaralangan deb hisoblanadi; muddat tegishli Kupon/Promokod omma uchun hammabop bo‘lgan davr bilan chegaralangan deb hisoblanadi. Promokod quyidagi shaharlarda amal qiladi: Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk, Krasnodar, Ufa, Sochi, Perm, Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Omsk, Tomsk, Chelyabinsk, Volgograd, Voronej, Balashixa, Vidnoe, Dzerjinskiy, Dolgoprudniy, Klimovsk, Korolyov, Kotelniki, Krasnogorsk, Litkarino, Lyubertsi, Moskovskiy, Mitishi, Odintsovo, Ozyori, Podolsk, Pushkino, Ramenskoe, Reutov, Ximki, Dmitrov, Elektrostal, Rostov-Don, Tyumen, Krasnoyarsk, Orenburg, Tolyatti, Stavropol, Saratov, Murmansk, Vladivostok, Xabarovsk, Kaliningrad, Ryazan, Vladikavkaz, Cheboksari, Yerevan, Tbilisi, Olmaota, Sherbinka, Shelkovo, Zelenograd, Kolomna, Drezna, Taldom, Ivanteevka, Orexovo-zuevo, Stupino, Luxovitsi, Serpuxov, Dedovsk, Klin, Bronnitsi, Jeleznodorojniy, Troitsk, Naro-Fominsk, Lobnya, Mojaysk, Noginsk, Chexov, Obninsk, Naxabino, Dedovsk, Golitsino, Krasnoznamensk, Aprelevka, Domodedovo, Jukovskiy, Elektrougli, Staraya Kupavna, Fryazino. Chegirma hajmi quyidagilar bilan birgalikda ko‘rsatilgan: taksi xizmatlari QQS soliq to‘lovchisi bo‘lgan taksopark tomonidan ko‘rsatilganda QQS ni hisobga olgan holda, taksi xizmatlari soliq to‘lashning soddalashtirilgan tizimidan foydalanuvchi taksopark tomonidan ko‘rsatilganda QQS siz. Agar Kuponda yoki Saytda boshqacha aytilmagan bo‘lsa, Promokoddan bitta Foydalanuvchi tomonidan faqat bir marta foydalanilishi mumkin. Safar narxi bilan Chegrimalar summasi o‘rtasidagi farq hamda Chegirmalar summasining o‘zi pul bilan to‘lanmaydi. Chegirma faqat Promokodni faollashtirganda Yandex.Taxi servisi tomonidan tanlash uchun taklif qilingan taksoparklar tomonidan taqdim etiladi. Promokodlardan nohalol tarzda foydalanilishi va/yoki Promokodlardan foydalanishdagi suiiste'mollarga qarshi kurashish maqsadida Yandex Foydalanuvchining birinchi so‘rovni haqiqatdan ham Yandex.Taxi servisidan foydalanib rasmiylashtirayotganligini (birinchi safar) tekshirishning ushbu Shartlarda aniq qilib ko‘rsatilmagan boshqa usullaridan foydalanish hamda tegishli suiiste'mol va/yoki Promokoddan nohalol foydalanish hollari aniqlangan hollarda Chegirmani taqdim etishni rad qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Foydalanuvchi tomonidan Yandex.Taxi mobil ilovasi so‘nggi mavjud versiyasiga yangilanmagan hollarda va/yoki boshqa sabablar bo‘yicha texnik sabablarga ko‘ra Promokoddan foydalanib bo‘lmaslik mumkin. Promokodni faollashtirish Foydalanuvchi tomonidan mazkur shartlarga to‘liq rozilik bildirilishini anglatadi. Promokodlarni faollashtirish yoki ulardan foydalanishga oid murojaatlarni ko‘rib chiqishda Yandex.Taxi qo‘llab-quvvatlash xizmati Promokodni olish faktining tasdig‘i: Promokodli kartochka fotosurati, Promokodli sahifa shkrinshoti va/yoki qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimining ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa tasdiq. Bunday tasdiq taqdim etilmagan hollarda Yandex.Taxi Chegirmalarni taqdim etishni rad qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Promokod qanday qilib faollashtiriladi Promokoddan faqat faollashtirilgandan keyin foydalanish mumkin. Promokodni faollashtirish uchun buyurtma rasmiylashtirilgunicha uni maxsus ajratilgan maydonga kiritish lozim: