Servis ishi

Yandex.Taxi – bu operatorga telefon qilmasdan, qulay tariflarda mashina chaqirish imkonini beruvchi xizmat. Buyurtmani sayt orqali va iOS (jumladan, Apple Watch qurilmasida), Android ilovalari yordamida berish mumkin.

Xizmat afzalliklari:

  • Mashina chaqirishning qulay usuli.
  • Avtomobilni mijozning talab va istaklarini hisobga olgan holda tezkor qidirish.
  • Har qanday masofa uchun qulay tariflar.

  • Safar narxini oldindan hisoblash.
  • Naqd pul yoki karta bilan toʻlash.
  • Ilovada haydovchi va avtomobil haqida batafsil maʼlumot olish.

Buyurtmalar hamkorlarimiz tomonidan bajariladi. Haydovchilar uchun maxsus test nazarda tutilgan, avtomobillar esa sifat standartlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Servisning ishlashi haqida batafsil maʼlumot olish uchun boshqa boʻlimlar bilan ham tanishib chiqing.