Safar amalga oshmadi

Buyurtma haydovchi yetib kelgan va sizni kutib turgan paytda bekor qilinsa, pulli bekor qilish narxi yechib olinadi. 10 daqiqa ichida mashinaga chiqmasangiz, xuddi shunday holat yuz beradi.

Haydovchi boshqa yoʻlovchi bilan ketib qolgan yoki safar amalga oshmagan boʻlsa-yu, pullar baribir yechilsa, bu haqida bizga yozing – masalaga oydinlik kiritib, uni ijobiy hal qilishga urinamiz.