Toʻlov usulini tanlash

Safarlar haqini naqd pul yoki bank kartasi orqali toʻlash mumkin.

Safar haqini karta bilan toʻlash uchun uni ilovada ulang. 5 tagacha karta qoʻshish mumkin. Bu usuldan iOS (8.0 va undan yuqori versiya) yoki Android (4.0 yoki yuqori versiya) ilovalari orqali buyurtma berilganda foydalanish mumkin.

Mashinaga buyurtma berayotganingizda toʻlov usulini tanlang. Safar boshlanganidan keyin toʻlov usulini naqd puldan kartaga oʻzgartirish mumkin, ammo teskarisi imkonsiz.

Karta orqali toʻlashni tanlasangiz, ammo u bloklangan boʻlsa yoki unda yetarli pul boʻlmasa, toʻlov usuli avtomatik tarzda naqd pulga oʻzgarishi mumkin. Bu haqda siz va haydovchiga ilova orqali xabar keladi.