Jonivorlar bilan safarlar

Agar jonivor bilan safar qilmoqchi boʻlsangiz, Jonivorlarni tashish variantini tanlang. Uni xizmat toifasini bosish orqali topishingiz mumkin. Agar menyuda bu variant boʻlmasa, haydovchiga telefon qiling va undan talabingizni bajara olishi-olmasligini soʻrang.

Agar kichik jonivoringiz boʻlsa, u tashish qutisida boʻlishi kerakligini unutmang. Agar katta it bilan safar qilmoqchi boʻlsangiz, unda tumshuqbogʻ va oʻrindiqni iflos qilmaslik uchun toʻshama talab etiladi.

Barchasini yoʻriqnoma boʻyicha qilsangiz ham, safaringiz amalga oshmadimi? Bizga nima boʻlganini aytib bering, mamnuniyat bilan yordam beramiz.