Safar buyurtma qilish
- Chaqiruv manzilini kiriting. Chaqiruv manzilini kiriting. Manzil allaqachon kiritilgan boʻlsa, “Qayerga?” yozuvini bosing.
Boshqa manzilni tanlash uchun Manzilni oʻzgartirish ustiga bosing yoki xaritadagi markerni suring.
- Safar narxini oldindan bilish uchun yakuniy manzilni kiriting.
3 tagacha oraliq manzil kirita olasiz (
belgisini bosing). Ularni safar buyurtmasini tasdiqlashdan avval kiritish zarur. - Xizmat tarifi va to‘lov usulini tanlang.
Safarga buyurtma berganingizdan keyin to‘lov usulini naqd puldan kartaga almashtirishingiz mumkin. Hisobingizga bir nechta karta ulangan bo‘lsa, istalganini tanlashingiz mumkin. Ekranning quyi qismidagi menyuni tepaga surib, to‘lov usulini o‘zgartiring.
- Safarga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishingiz mumkin.
“Parametrlar” bo‘limiga maxsus talab-istaklaringizni yozing (masalan, bolalar kreslosi yoki konditsionerli avtomobil). Ayrim variantlar uchun qo‘shimcha haq olinadi, ulardan foydalanishi imkoni esa joylashuvga qarab farqlanishi mumkin.
Shuningdek, haydovchiga izoh yozishingiz mumkin. Masalan, sizni topish osonroq boʻlishi uchun “Meni darvoza oldida kuting” deb yozishingiz mumkin.
Safar buyurtma qilish tugmasini bosing.
Safardan soʻng haydovchini baholang. Haydovchining reytingi uning xizmatimizda ishlay olish imkoniyatini belgilaydi.
Avtomobil qidirilayotganida safar buyurtmasini bekor qilish uchun ekranning quyi qismidagi Safarni bekor qilish tugmasini bosing.
Avtomobil allaqachon tayinlangan bo‘lsa, avtomobil, haydovchi va safar haqidagi ma’lumotlar aks etgan pastdagi menyuni yuqoriga surib, Safarni bekor qilish tugmasini bosing.
Eʼtibor bering, Agar safarni avtomobil yetib kelganidan keyin bekor qilsangiz, sizdan toʻlov olinadi.