Haydovchiga choychaqa qoldirish

Bu amaliyot safar haqi bank kartasi bilan toʻlanganida ishlaydi.

Safar maʼqul kelgan boʻlsa, haydovchiga choychaqa qoldirishingiz mumkin.

Barcha safarlar uchun choychaqa miqdorini koʻrsatish uchun ilovaning  → Toʻlov usuli → Standart choychaqamenyusini oching va choychaqa miqdorini tanlang.

Choychaqa miqdorini ilova menyusi orqali yoki safar yakunida haydovchini baholaganingizdan keyin oʻzgartirishingiz mumkin.

Safardan keyin 30 daqiqa ichida ijobiy baho berib (yoki baholamay), Tayyor tugmasini bosgan boʻlsangiz, choychaqa avtomatik tarzda yechib olinadi.

Safardan keyin 30 daqiqa ichida salbiy baho berib, Tayyor tugmasini bosgan boʻlsangiz, choychaqa yechib olinmaydi.

Agar safardan keyin 30 daqiqa ichida Tayyor tugmasini bosmagan boʻlsangiz, choychaqa miqdori 24 soatga bloklanadi. Bu vaqt ichida safar uchun choychaqa miqdorini oʻzgartirishingiz mumkin – bir sutkadan keyin choychaqa koʻrsatilgan miqdorda yechib olinadi.

Google Pay toʻlov usulini tanlagan boʻlsangiz, choychaqa qoldira olmaysiz. Shuningdek, promo-kod bilan amalga oshirilgan safar uchun ham choychaqa qoldirish imkonsiz.