Hisobni qoʻshish yoki oʻchirib tashlash

Siz bir nechta hisob yaratishingiz va biridan ikkinchisiga oʻtishingiz mumkin, masalan sayohatlarda. Har bir hisobda turli toʻlov usullari va promo-kodlarni qoʻllash, unikal manzillarni koʻrsatish mumkin.

Birinchi hisobni yaratish uchun telefon raqamingizni tasdiqlang.

Yangi hisobni qanday qoʻshish mumkin (Android va iOS uchun)

  1. Ilova menyusini oching .
  2. Telefon raqami ustiga bosing.
  3. Hisobni oʻnga yoki chapga suring Boshqa hisobni tanlash tugmasini bosing.
  4. Telefon raqamini koʻrsating va Keyingi tugmasini bosing — shu raqamga SMS orqali tasdiqlash kodi keladi.
  5. Kodni kiriting va Tayyor (yoki Keyingi) tugmasini bosing — hisob faollashadi.

Hisobni oʻzgartirish (Android va iOS tizimida)

  1. Ilova menyusini oching .
  2. Telefon raqami ustiga bosing.
  3. Hisobni oʻng yoki chapga surib, boshqasini tanlang va Keyingi (yoki Davom ettirish) tugmasini bosing.

Hisobni oʻchirib tashlash

Android va iOS:

  1. Ilova menyusini oching .
  2. Telefon raqami ustiga bosing.
  3. Hisobdan chiqishHisobni oʻchirish (yoki Chiqish) ustiga bosing.
  4. Boshqa hisobni tanlang va Keyingi tugmasini bosing.

iOS:

  1. Ilova menyusini oching .
  2. Telefon raqamiga bosing, keyin yana bir marta bosing.
  3. Hisob yoniga bosing va oʻchirishni tasdiqlang.
  4. Boshqa hisobni tanlang va Keyingi tugmasini bosing.