Oraliq manzil kiritish

Oraliq toʻxtashlarni oʻz ichiga olgan marshrutlar ishga ketish vaqtida farzandingizni maktabga olib borish yoki doʻstlaringizni aeroportdan uyga eltishda asqotadi.

Oraliq nuqta kiritish uchun odatda yakuniy manzil kiritiladigan katakchadagi tugmasini bosing. 3 tagacha oraliq nuqta kiritishingiz mumkin. Oʻsha yerning oʻzida oraliq manzillarning oʻrnini almashtirish ham mumkin.

Birdaniga 3 yoki 4 manzil koʻrsatilgan marshrutni buyurtma rasmiylashtirilganidan keyin oʻzgartirib boʻlmaydi. Boshqa holatlarda oraliq manzilni bevosita safar vaqtida qoʻshish yoki oʻzgartirish mumkin, biroq safarning yakuniy narxi dastlabkisidan farqli boʻladi.