Karta himoyasi

Banklar xavfsizlikning yangi choralarini ishlab chiqish bilan karta egalarini firibgarlardan himoya qilishga harakat qilmoqdalar. Asosiy maslahatlarga amal qilish orqali siz ham kartangizni himoyalashingiz mumkin:

  1. Begonalarga kartaning PIN-kodi va CVV2-kodini, shuningdek amal qilish muddatini va kimning nomida roʻyxatdan oʻtganini begonalarga aslo oshkor qilmang.
  2. Agar kartani yoʻqotgan boʻlsangiz yoki kimdir uning maʼlumotlarini bilib olgan deb oʻylasangiz, darhol bankka murojaat qiling va uni bloklang.
  3. Internet-bank xizmatiga begona kompyuterlar yoki himoyalanmagan tarmoqlardan kirmang. Agar shunday holat yuz bersa, internet-bankdan chiqishni va brauzer keshini tozalashni unutmang.